Xususiy maktab va o'quv markazlari uchun

Maktabingiz o'zini boshqaradi

Durbin ma'lumot saqlab qo'ymaydi. Har bir vazifani egasiga yuboradi, muddatini kuzatadi va bajarilganini o'zi tekshiradi.

12 ta modul

Maktabning har bir jarayoni uchun alohida modul

Chapdan modulni tanlang, o'ngda uning ichida nima ishlashini ko'ring.

Ta'lim

    Dars jadvali

    To'qnashuv aniqlandi

    Qabul voronkasi
    Suhbat yozuvi 02:47
    Kanal samaradorligi
    Bitta lid narxi 0
    Kirim dinamikasi

    Qarzdorlar

    Davomat tekshiruvi

    Maktab hududi tasdiqlandi

    Oylik 0
    08:54Kechikish yo'q
    Vazifa zanjiri

      Muddat o'tdi, yuqoriga chiqdi

      AI assistent
      Agent kuzatuvi

      Og'ish aniqlandi

      Mobil ilova

      O'qituvchi ko'rinishi

        Durbin bot
        Durbin botBugungi xabar
        O'quvchi yo'li
          · Hozirgi bosqich:
          340
          Ota-ona bildirishnomalari

          Bugun yuborildi 0

          Durbin qanday ishlaydi

          Bitta hodisa — butun tizim javob beradi

          Durbin o'n ikkita alohida dastur emas. Ma'lumot bir marta kiritiladi, keyin kim nima qilishi va natija qayerga tushishi tizimning o'zida hal bo'ladi.

          1. Ma'lumot bir marta kiritiladi

            O'quvchi, xodim, to'lov yoki baho bir joyda yoziladi va o'n ikkala modulda o'sha yozuv ishlaydi.

          2. Hodisa jarayonni ishga tushiradi

            Qabul, kechikkan to'lov, qo'yilgan baho — tegishli modullar o'z ishini o'zi boshlaydi.

          3. Bajarilish nazorat qilinadi

            Har vazifaning egasi va muddati bor. Kechiksa, tizim uni yuqoriga chiqaradi.

          4. Natija hisobotga aylanadi

            Har amal raqamga aylanadi. Hisobotni yig'ish shart emas, u doim tayyor turadi.

          Tizimda tayyor standartlar to'plami bor: qabul, adaptatsiya, shikoyat bilan ishlash, sotuv va moliya. Ularni noldan yozish shart emas, maktabingizga moslashtirasiz.

          12 ta lavozim

          Har kim faqat o'zinikini ko'radi

          Kirish huquqlari lavozim bo'yicha sozlanadi. Har xodim faqat o'z ishiga kerak modulni va faqat o'ziga tegishli ma'lumotni ko'radi.

          Imkoniyatlar

          Yana nimalar ichida

          Maktab kunini to'liq qoplaydigan kichik, lekin kerakli jarayonlar.

          Tanga va Market

          O'quvchi yaxshi baho va faollik uchun tanga to'playdi, uni maktab Marketida mahsulotga almashtiradi.

          0 Daftar · 120 Ruchka · 60 Sertifikat · 300

          Salomatlik va tarbiya

          Shifokor, psixolog, logoped va tyutor yozuvlari o'quvchining yagona profilida to'planadi.

          Ovqatlanish

          Menyu tuziladi, ro'yxat yuritiladi, hisob-kitob avtomatik boradi.

          So'rovnomalar

          Xodimlar va ota-onalar fikri yig'iladi, natija bo'limlar kesimida ko'rinadi.

          Hisobotlar

          Qabul, ta'lim, moliya, kadrlar va ma'naviyat bo'yicha tayyor tahlil.

          Yollash va orgstruktura

          Vakansiya e'lon qilinadi, nomzodlar bosqichma-bosqich kuzatiladi.

          Yangi o'quv yili

          Sinflar ko'chiriladi, ma'lumot saqlanadi. Hech narsa qo'lda ko'chirilmaydi.

          Taqqoslash

          Nega Durbin

          Boshqa tizimlar ma'lumot saqlaydi. Durbin bundan tashqari ishni taqsimlaydi, muddatini kuzatadi va bajarilishini nazorat qiladi.

          Odatdagi yechim

          • Ma'lumot o'nlab dastur va Excel'da tarqoq
          • Hisobotni odam so'rab yig'adi
          • Bajarilishini rahbar o'zi eslab so'raydi
          • Xato kimdadir qolib ketadi

          Durbin bilan

          • Ma'lumot bitta bazada va o'zaro bog'langan
          • Hisobot har doim tayyor turadi
          • Muddat o'tsa tizim o'zi yuqoriga chiqaradi
          • Har amal iz qoldiradi va ball oladi
          01

          Hammasi bitta joyda

          O'nlab dastur o'rniga bitta tizim. Ma'lumot bir marta kiritiladi va hamma joyda ishlaydi.

          02

          Jarayon o'zi ishlaydi

          Vazifa avtomatik taqsimlanadi, muddati kuzatiladi, bajarilmasa yuqoriga chiqadi.

          03

          Bir necha filial

          Har filial alohida yuritiladi, markazdan umumiy standart tarqatiladi va umumiy manzara ko'rinadi.

          04

          Uch tilda

          O'zbek, rus va ingliz. Xodim ham, ota-ona ham o'ziga qulay tilda ishlaydi.

          05

          Ma'lumot xavfsiz

          Har maktab ma'lumoti qat'iy ajratilgan, parollar shifrlangan, har muhim amal iz qoldiradi.

          06

          Telefondan ham ishlaydi

          O'qituvchi darsda davomatni telefondan belgilaydi, xodim ish joyida telefondan belgilanadi.

          FAQ

          Ko'p beriladigan savollar

          Javobini topa olmadingizmi? Telegram yoki telefon orqali yozing, o'zimiz tushuntiramiz.

          Bog'lanish

          Maktabingizni Durbin bilan ko'ring

          Demoda tizimni o'z ma'lumotlaringiz misolida ko'rsatamiz. Raqamingizni qoldiring, o'zimiz bog'lanamiz.

          +998